Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Genetika sohasida hamkorlik


O’zR FA Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi institutining bir guruh xodimlari Turkiyaning “Universal Sertifikasyon Uygunluk Değ erlendirme A.Ş.” akkreditatsiyadan o‘tgan tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ilmiy stajirovka bo’lib qaytishdi.

 

Maqsad: Xalqaro test usullari standartlari va tahlillari boʻyicha Genetik modifikatsiyalangan organizmlarni va virusli kasalliklarni aniqlash hamda tahlil qilish usullari boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib borish.

 

 

Dastlab mutaxassislar Turkiyaning “Universal Sertifikasyon Uygunluk Değ erlendirme A.Ş.” tashkiloti rahbari Osman CAMCI bilan uchrashuv tashkil etildi. So‘ngra, Osman CAMCI bilan o‘quv treningi bo‘yicha qilinadigan ishlar bo‘yicha suhbat olib borildi. Xodimlarning bilim darajasi baholandi. Shuningdek, ISO/IEC 17025 bo‘yicha umumiy tushunchalar berib o‘tildi.

 

Tashrif davomida mutaxassislar ISO/IEC 17025 standarti bo’yicha laboratoriyalarga qo‘yiladigan talablar, hamda laboratoriya faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirish va ishonchli natijalar olish,  oziq-ovqat va ekish materiallari tarkibidagi GMO sifatini aniqlash, GMO sifatini aniqlash bo’yicha namunalardan DNK ekstraktsiyasi ajratish, DNK ingibatsiyasi, LOD, ichki sifat nazoratlari, pozitiv va negativ xatoliklarni aniqlashni (verifikatsiya va validatsiya), yemlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlash, GMO miqdorini aniqlash bo’yicha namunalardan DNK ekstraktsiyasi ajratish, DNK ingibatsiyasi, LOQ, ichki sifat nazoratlari, pozitiv va negativ xatoliklarni aniqlash (verifikatsiya va validatsiya)dan bilim va ko’nikmalarini oshirdilar.

 

Ma’lumot o’rnida: Turkiyaning “Universal Sertifikasyon Uygunluk Değ erlendirme A.Ş.” akkreditatsiyadan o‘tgan tashkiloti 2014-yilda tashkil topgan bo‘lib, boshqaruv tizimlari, idoralar sertifikatlash xizmatlari, mahsulotlarni sertifikatlash, laboratoriya xizmatlari va ta’lim (o‘qitish xizmatlari) kabi akkreditatsiyaga tegishli xizmat faoliyatini olib boradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!