O’tayotgan haftada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari” mavzusida VIII Respublika ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda respublikamizning 25 dan ortiq fan va ta’lim muassasalari olimlari shuningdek, Rossiya, Belarus va Ukraina 10 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari ishtirok etdilar.
Konferensiya onlayn va oflayn formatlarda o'tkazildi, bu esa xorijiy mamlakatlar mutaxassislarini jalb qilish imkonini berdi va ular so’ngi texnologiyalarda bajararilgan ilmiy tadqiqotlarini qiziqarli taqdimotlari bilan faol ishtirok etdi.
Konferensiya Genomika va bioinformatika markazi direktori Buriev Zabardast Tojiboyevich tomonidan ochib berildi va unda genomika, proteomika, bioinformatika, odam genomikasi, o‘simlik va hayvonlar genetikasi, molekulyar biotexnologiya yo‘nalishlarida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda olib borilayotgan so’ngi ilmiy yangiliklar to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Konferensiyada taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalarda genetika, genomika, biotexnologiya, proteomika va metabolomikani rivojlantirishning zamonaviy masalalariga oid keng ko‘lamli muammolarga to‘xtalib o‘tildi.
Konferensiyada taqdim etilgan ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va har bir taqdimot faol fikr almashuvi bilan kechdi. Unda mamlakatimiz va xorijiy davlatlarnining oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot institutlarining ko‘plab yosh olimlarini ishtirok etganini ham alohida ta’kidlash joiz.
Konferensiyada taqdim etilgan ma’ruzalar ishtirokchilarga katta qiziqish uyg‘otgan va eng yaxshi taqdimot qilgan yosh olimlar Genomika va bioinformatika markazi rahbariyati tomonidan sertifikat va turli xil estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.