Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Gemostatik taʼsirga ega “Glilagin” preparatini ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyildi


OʼzR FА Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan jarrohlik amaliyotlaridan oldin va keyin qon ketish jarayonlarini oldini olishda, mahalliy va bachadandan qon ketish jarayonlarida gemofiliya bilan bogʼliq qon ketishlarida va trombotsitopenik purpura va allergik diatezlarda qarshi “Glilagin” dori vositasini ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.

Preparatning taʼsir mexanizmi, qon tomir-trombotsitar gemostaziga bogʼlik boʼlib, qon tarkibidagi trombotsitlar sonining oshishi va ularning adgeziv va agregatsion xususiyatlarini, shuningdek, trombotsitar tizimining faollashishi bilan birga, kapillyarlar oʼtkazuvchanligining kamayishi hamda hosil boʼlayotgan quyqaning retraktivligini kuchaytiradi.

Preparat V sinf kam zaharli preparatlar jumlasiga kiradi, kumulyativ, mahalliy seskantiruvchi, mutagenlik, emriotoksiklik, teratogen va allergik xususiyatlarga ega emas. Glilagin periferik qon sistemasiga, jigar va buyrak, xronik kasalliklarda ichki qoʼllanishda aʼzolarning patomorfologiyasiga va toʼqimalariga taʼsir koʼrsatmaydi.

Hozirgi kunda amaliy tibbiyotda ishlatiladigan analoglari “Ditsinon”, “Vikasol” va “Аminokapron kislota”lari sintetik birikmalar boʼlib, ulardan farqli ravishda “Glilagin tabletkalari 0.005g” 100% tabiiy, oʼsimlikdan olingan birikmalar asosida tayyorlanganligi sababli yonaki salbiy taʼsirlarga ega emas.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!