Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan “Gʼarbiy turk xoqonligi: tarix va tanga-pul tizimi” nomli monografiya nashr etildi. Ushbu monografiya oʼzbek davlatchiligi tarixida yuksak oʼrin tutadigan Gʼarbiy Turk xoqonligi (568-740-yy.) tarixi va tanga-pul tizimining dolzarb masalalariga bagʼishlangan.
Monografiya ijtimoiy-gumanitar fanlar, shu jumladan, tarix, arxeologiya, etnologiya va lingvistika sohalari uchun birlamchi yoki yordamchi qoʼllanmalardan biri sifatida xizmat qiladi. Unda Oʼzbekiston hududidagi arxeologik qadimiy shahar qoldiqlaridan topilayotgan materillar oʼrin olgan boʼlib, bunday materiallar Oʼrta Osiyoning boshqa mamlakatlarida deyarli uchramaydi.
Monografiyadan Yevrosiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xalqlar tarixi, numizmatikasi, etnologiyasi va linvistikasi uchun yordamchi material sifatida ishlatish mumkin.