Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Furqat ijodiyoti va o‘zbek mumtoz adabiyoti


25-sentabr kuni O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida o‘tkazilgan anjuman xuddi shunday nomlandi. Anjumanni Institut direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanda  XIX asr o‘zbek klassik adabiyotining atoqli vakili, shoir, adabiyotshunos, nazariyotchi olim, publitsist, ma’rifatparvar Zokirjon Furqat tug‘ilganining 160 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanining asosiy maqsad va vazifalari Zokirjon Furqat ijodining XIX asr Qo‘qon adabiy muhiti hamda Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni hamda mamlakatimiz adabiy-ma’rifiy jihatdan yuksalishidagi o‘rni haqida so‘z bordi.

  

Anjumanda taqdim etilgan ma’ruzalarning mavzulari rang-barang bo‘lib, ularda Zokirjon Furqat ijodiy faoliyatini milliy mafkuramiz nuqtai nazaridan o‘rganishning dolzarb muammolari, shoir yaratgan adabiyotshunoslikka doir asarlar, davrning dolzarb muammolari qalamga olingan o‘tkir maqolalari ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy mazmundagi chuqur yoritilgani bilan etuk avlodni kamol toptirishdagi o‘ziga xos ahamiyati, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida shoir asarlarining o‘qitilishiga doir masalalar muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!