馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Forum doirasida bir qator kelishuvlar imzolandi


Xabar qilganimizdek, 25-26-fevral kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida o始tkazilgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish Forumi doirasida F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari o始z ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.

 

 

Forum doirasida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va tarmoq hamda hududlardagi muammolar yechimiga qaratilgan loyihalar bo始yicha bir qator kelishuvlar imzolandi. Jumladan, F袗 Materialshunoslik instituti va “Olmaliq KMK” 袗J o始rtasida “Mahalliy xom ashyodan olein kislotasini ishlab chiqarish texnologiyasi” uchun 1 mlrd.so始mlik, “Funksional keramika asosidagi polimerlash uskunasi yordamida lak-bo始yoqlarni polimerlash texnologiyasi” uchun 150,0 mln. so始mlik, “O始zmetkombinat” 袗J bilan “Texnogen chiqindilardan payvandlash elektrodlari qobiqlarini ishlab chiqish texnologiyasi” uchun 630,0 mln. so始mlik shartnomalar imzolandi.

  

Bundan tashqari, Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining “Mahalliy xom-ashyo asosida moylovchi pasta ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish” startap loyihasi uchun 695 mln. 800 ming so始mlik, Bioorganik kimyo institutining "Silga qarshi “Biomayrin 600 mg” original preparatining yakunlovchi klinik sinovlarini o始tkazish va tibbiyot amaliyotida qo始llash uchun 997,4 mln. so始mlik moliyalashtirish to始g始risidagi sertifikat topshirildi.

Shuningdek, Genomika va bioinformatika markazi hamda IPOOO “TEXTILE TECHNOLOGIES GROUP” o始rtasida anglashuv Memorandumi imzolandi.

Shuni aytish kerakki, 褳始zaro anglashuv Memorandumi tomonlar o始rtasida o始zaro tenglik va teng sheriklikchilik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan holda fan va texnika, tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish va qo始llab-quvvatlashga qaratilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!