Bugun, Milliy matbuot markazida O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19- martdagi “Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-5032-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag始ishlangan matbuot anjumani o始tkazildi.

Ma始lumki, 2021-yil 19-martda O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-5032-sonli qarori qabul qilindi va mazkur qaror bilan fizika sohasini rivojlantirish va bu boradagi ishlarni jadallashtirish, yoshlarni ushbu fanga qiziqtirish hamda umumiy o始rta va oliy ta始lim dasturlarining uzviyligini ta始minlash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish bo始yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Qarorga ko始ra, Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga fizika fanlari bo始yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etildi.
Shuningdek, qaror ijrosini ta始minlash maqsadida 2022-yil uchun fizika yo始nalishidagi tayanch doktorantura, doktorantura va maqsadli doktorantura kvotalari soni qariyb 1,5 baravarga oshirilishi natijasida ushbu yo始nalishda tahsil olayotgan doktorantlar soni 100 nafardan dan oshdi. 2021-yilda fizika yo始nalishi bo始yicha 55 nafar doktorant tahsil olgan. Viloyatlardagi oliy ta始lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy darajali kadrlar yetkazib berish maqsadida Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 袗ndijon, Samarqand, Farg始ona va Qoraqalpoq davlat universitetlaridan maqsadli doktorantlar qabul qilingan.
“Bundan tashqari, ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta始minlash maqsadida 2021-yil noyabr oyida O始zbekiston birinchi marta “Fizika -2021” fiziklar Forumi tashkil etildi” – deydi vitse-prezident S.Mirzayev.
Shuningdek, matbuot anjumanida so’zga chiqqanlar ilm-fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy ishlarni tijoratlashtirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida to’xtalib o’tdilar.
Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.