O始zR F袗 袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi olimlari tomonidan milliy ma始naviyatmiz xazinasiga oid yana bir noyob nashr amalga oshirildi.


Mashhur tasavvufshunos Faxruddin 袗li Safiyning "Rashahot aynu-l-hayot" asarining muallif qo始lyozmasi faksimil nusxasi nashr etildi. Qo始lyozma 1530-yil ko始chirilgan bo始lib, hozirda Muzey fondida saqlanadi. Manbashunoslik, adabiyotshunoslik, tarixshunoslik va tasavvufshunoslik nuqtai nazaridan nihoyatda qimmatli bo始lgan ushbu kitobni o始z davridayoq ko始plab soha olimlari e始tirof etishgan. Unda Xoja 袗hror Valiy hayoti va faoliyati borasida mufassal bayon qilingan. Yana boshqa ko始plab movarounnahrlik avliyolar borasida ham so始zlanadi.
Kitob 59,5 bosma taboq hajmda, 462 sahifadan iborat. 袗sar manbashunos olimlar Y.Tursunov va O.Jo始raboyev tomonidan nashrga tayyorlangan.