O始zR F袗 O始simlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya va toksikologiya bo始limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Jumadilla Rejepov vafot etdi.

Jumadilla Rejepov 1950-yilda Toshkent viloyatida tug始ilgan. Faoliyatining deyarli barcha davrida O’zR FA O始simlik moddalari kimyosi institutida ishlagan holda, u o始simlik moddalariga asoslangan dorivor preparatlarning eksperimental farmakologiyasi va toksikologiyasini rivojlantirishga ulkan hissa qo始shdi. U Institutda ishlab chiqarilgan o始nlab dorilarning hammuallifi, jumladan 袗ksaritmin, 袗ntiaritmin, Ferulen, Digidroatizin, N-metiltsitizin va boshqalar. Jumadilla Rejepov izoxinolin alkaloidlari, neyro- va psixofarmakologiya, metabolizm jarayonlari farmakologiyasi, yurak-qon tomir tizimi farmakologiyasini o始rganishga katta hissa qo始shgan, 250 dan ortiq ilmiy ishlar va patentlarning muallifi bo始lgan.
U Institutda ishlab chiqarilgan dori-darmonlarning aksariyatini klinik oldi toksikologik tekshiruvlarini boshqargan, yosh olimlarga mexribon ustoz va bir qator ilmiy loyihalarning rahbari bo始lgan. Jumadilla Rejepov ko始p yillar davomida O始zbekiston Respublikasi Farmakologiya qo始mitasining eksperti, shuningdek, O始zR F袗 O始simlik moddalari kimyosi instituti Ilmiy kengashining a始zosi, O始zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Farmakologiya va farmatsevtika bo始yicha ilmiy texnik kengashning a始zosi bo始lgan.
Olim Jumadilla Rejepov vafoti munosabati bilan marhumning oila a始zolari va yaqinlariga O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Institut jamoasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz!