Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Farg‘ona vodiysida yangi o‘simlik turi aniqlandi


So‘nggi yillarda O‘zbekistonda botanika fanining izchil rivojlanishi, xalqaro ilmiy hamkorliklarning kengayishi, maqsadli ilmiy ekspeditsiyalar va transchegaraviy tadqiqot loyihalarining amalga oshirilishi, GIS texnologiyalari hamda molekulyar genetik tahlillarning zamonaviy yondashuvlarning natijasida o‘simliklarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi turlari aniqlanishi sezilarli darajada faollashdi.

So‘nggi misollardan biri — Farg‘ona vodiysidan topilgan va nufuzli PhytoKeys  jurnalida e’lon qilingan Gagea khassanovii nomli yangi tur bo‘ldi. Bu o‘ziga xos gullarga ega noyob o‘simlik Gagea (Boychechak) turkumiga mansub bo‘lib Farg‘ona vodiysidagina tarqalgan, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston floralarini boyishiga xizmat qiladi.

G.khassanoviining o‘sish joylari

G. khassanoviining morfologik, anatomik tuzilishi

 

Yangi tur O‘zbekistonning Andijon viloyatidagi Imom tog‘i (Oloy tizmasi) etaklarida aniqlangan bo‘lib, ilmiy tavsifi 2025-yil iyul oyida nufuzli PhytoKeys jurnalining 260-sonida e’lon qilindi (https://phytokeys.pensoft.net/article/151373/). Tadqiqotlar O‘zbekiston, Rossiya, xitoylik olimlarning hamkorlikda olib borgan izlanishlari asosida amalga oshirildi.

Gagea khassanovii tashqi jihatdan (morgologik) Gagea circumflexa turiga o‘xshab ketadi, biroq uning oq rangli gullari, ingichka gultojbarglari va uzun poyabarglari kabi morfologik farqlari mavjud. Tur taniqli o‘zbek botanigi, professor Furqat Orunbayevich Xasanov sharafiga nomlangan.

Gagea khassanovii gerbariy namunasi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!