Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Seysmologiya institutiga oid xabarlarga izohi


Seysmologiya instituti yangi binoga koʻchmagan va Zulfiyaxonim koʻchasi, 3-uyda joylashgan. Seysmologiya instituti binosi kapital ta’mirlanib, 13 milliard so‘mlik zamonaviy asbob-uskunalar xarid qilindi, yangi laboratoriyalar tashkil etildi. Eski quduqlardan birining oʻrniga chuqurligi 60 m, 150 m, 200 m, 250 m, 560 m boʻlgan yangi quduqlar qazilgan.
   Fanlar akademiyasi ommaviy axborot vositalaridan tekshirilmagan maʼlumotlardan foydalanmaslikni soʻraydi va xolis maʼlumotlarga ega boʻlish uchun sizlarni Seysmologiya institutiga tashrif buyurib, olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishishga taklif qilamiz. Shuningdek, institut haqidagi to'liq ma’lumotlarni Seysmologiya institutining www.seismos.uz sayti orqali ham olishingiz mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!