Joriy yil 4-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Tojikistonning O'zbekistondagi elchisi Abdujabbor Raxmonzoda tarshrif buyurdi. Mehmonni FA prezidenti B.S.Yuldashev kutib oldi. Uchrashuvda FA bosh ilmiy kotibi, vitse-prezidentlari, Navoiy bo'limi raisi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlari bo’limi rahbari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining holati, yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tojikistonning O'zbekistondagi elchisi Abdujabbor Raxmonzoda ikki mamlakat o'rtasida ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanligini ta'kidladi hamda samimiy uchrashuv uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.