Bugun, 23-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Tatariston Respublikasi premyer-ministri o'rinbosari L.R.Fazleyeva boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni FA prezidenti B.S.Yuldashev, vitse-prezidentlar B.A.Abduhalimov va S.Z.Mirzayevlar kutib oldi.
Uchrashuvda ikki davlat fanlar akademiyalari hamda ilmiy muassasalari o'rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va turli fan yo'nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, mustahkamlashga kelishib olindi.