Bahoriy bayramlarga munosib sovgʼa sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan “Yosh olimlar uyi” ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bugun, 3 mart kuni tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirni FА prezidenti Bexzod Yuldashev ochib berdi va yosh olimlarni kelayotgan ayyomlar hamda ushbu shinam va qulay uy bilan qutladi.
Yosh olimlar va ularning oila aʼzolari Fanlar akademiyasi tomonidan ularga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan mamnun boʼldi.
Maʼlumot oʼrnida, ushbu 2 qavatli “Yosh olimlar uyi” 32 ta oilaga moʼljallangan va barcha qulayliklarga ega.