Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi faoliyati yangi bosqichda!


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 390-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida FA Yosh olimlar kengashi faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqildi.

Yosh olimlar kengishining yangilangan tarkibi tomonidan Kengashning vazifalari va faoliyati tahlil qilinib, yosh olimlar uchun karyera, grant, nashr, mentorlik va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Kengashning yangilangan Nizomi bir ovozdan ma’qullandi.

2026-yil uchun Yosh olimlar kengashining ish rejasi tasdiqlandi. Unda grantlarda yoshlar ulushini kamida 30% taʼminlash, akademiklar va yosh olimlar oʻrtasida mentorlikni yoʻlga qoʻyish, arxiv va ekspeditsiya yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash kabi muhim vazifalar belgilandi.
Islohotlar yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!