O始zR F袗 Yadro fizikasi instituti respublikamiz va Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik ilmiy tekshirish maskani hisoblanadi. Institutning ilmiy bo始linmalari hamda tadqiqot yadro reaktori, siklotron, elektron tezlatgichi, gamma qurilmasi va neytron generatori kabi noyob obyektlari bazasida hozirgi zamon fan va texnikasining istiqbolli yo始nalishlarini qamrab olgan ilmiy tadqiqotlar, jahon bozor talablariga javob beruvchi importi o始rnini bosuvchi va eksportga yo始naltirilgan ilmiy xajmdor mahsulotlar, buyum va asbob-uskunalar ishlab chiqarishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar olib boriladi.
Muassasa tashkil etilganligining 65 yilligi munosabati bilan 29-sentyabr kuni Institutga O袗V vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Dastlab press-tur ishtirokchilari uchun matbuot anjumani o始tkazildi va unda Institutning asosiy faoliyat yo始nalishi, olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma始lumot berildi va jurnalistlar o始zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Shundan so始ng, press-tur ishtirokchilari muassasaning eng asosiy ilmiy ob始ekti hisoblangan 袙袙袪-小袦 tadqiqot yadro reaktori ish jarayoni bilan tanishtirildi. Mazkur reaktor hozirda 8 MVt quvvat bilan ishlab turibdi va u yadro fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, radiatsiyaviy materialshunoslik, yadroviy tibbiyot, radiokimyo va aktivatsiyaviy tahlil sohasida ilmiy tadqoqotlar o始tkazish hamda radioizotoplar olish texnologiyalarini ishlab chiqishda qo始llaniladi.

So始ngra ishtirokchilarga Institutning yana bir muhim obyekti – Markaziy Osiyoda yagona bo始lgan Gamma qurilmasi ish faoliyati yaqindan tanishtirildi. Bu qurilmada materialshunoslik, biologiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika sohasida tadqiqotlar o始tkazish imkoni mavjud. Shuningdek, bu qurilma yordamida qishloq xo始jaligi va respublika korxonalari hamda tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va materiallarga radiatsion ishlov berish bo始yicha xizmatlar ko始rsatiladi. Bundan tashqari, rentgen nurlari sochilishiga asoslanib ishlaydigan zamonaviy difraktometr hamda elektron mikroskopining qo始llanilish sohalari bilan ham tanishtirildi.