馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi hamda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutlariga fizika fanlari bo始yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etildi


O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ–5032-son (19.03.2021-y.) qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2021–2023 yillarda fizika fanlari bo始yicha ta始lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta始minlash bo始yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Qarorga ko始ra, O始zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga fizika fanlari bo始yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etildi.

Shuningdek, Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tuzilmasida elektrotexnika sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg始or texnologiyalarini o始rganish va mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo始yicha byudjetdan tashqari mablag始lar hisobidan saqlanadigan tajriba ishlab chiqarish va konstruktorlik byurosi hamda Fanlar akademiyasi tizimiga kiruvchi fizika yo始nalishidagi ilmiy tashkilotlarda ularning byudjetdan tashqari mablag始lari hisobidan moliyalashtiriladigan marketing va tijoratlashtirish bo始limlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Qarorga ko始ra, 2021-yil 1-sentyabrdan:

- Oliy ta始lim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va astronomiya”, “Biotibbiyot fizikasi” kabi bakalavriat ta始lim yo始nalishi talabalari o始rtasida o始tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g始oliblari va fizika bo始yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaxassisliklari bo始yicha qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida magistraturaga o始qishga qabul qilinadi;

- fizika fanlari bo始yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g始oliblarini tayyorlagan professor-o始qituvchilarga oylik maoshining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti;

- fizika fanlari bo始yicha talabalar uchun to始garaklar olib borayotgan professor-o始qituvchilarning oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida har oy ustama haq to始lanadi.

Shuningdek, 2022–2024 yillarda jami 21 ta oliy ta始lim muassasalarining fizika fani bo始yicha o始quv laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta始minlanadi.

2021/2022 o始quv yilidan oliy ta始lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslashtirilgan holda o始qitiladi.

 2021-yil 1-noyabrgacha yoshlar o始rtasida fizika fanlariga qiziqishni oshirish maqsadida “Yosh fiziklar portali” ishga tushiriladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!