Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada


Shu kunlarda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Mirzayev boshchiligidagi olimlar va muttaxassislardan iborat delegatsiya seysmologiya va seysmik xavfsizlik sohasidagi, xususan, davlat boshqaruvi va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini taʼminlash yoʼnalishidagi tajribani oʼrganish, aholi va hududlarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash borasida ishlarni amalga oshirishda ilgʼor ilmiy va amaliy tajribani oʼrganish maqsadida Yaponiyada bo’lib turibdilar.

Delegatsiya safar davomida Nagoya, Lokogama, Tokio va Sukuba universitetlari va Qurilish tadqiqotlari instituti, Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi markazga tashrif buyurdilar.

 

Tashrif davomida olimlarimiz seysmologiya va inshootlar seysmik xafvsizligi borasida yaponiyalik yetakchi olimlar va mutaxassislar bilan fikr almashinishmoqda va kelajakda birgalikda amalga oshirilishi moʼljallangan loyihalarni muhokama qilishmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!