Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi


Fanlar akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari doktorantlari hamda mustaqil-izlanuvchilari faoliyatini muntazam ravishda monitoringdan o‘tkazadi. Tizimdagi navbatdagi  monitoring 2019-yilning dekabr oyida Fanlar akademiyasining mutasaddi vakillari hamda yetakchi olimlari ishtirokida o‘tkazildi. 2019-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring jarayonida jami 283 nafar tayanch doktorant, 44 nafar doktorant hamda 115 nafar mustaqil-izlanuvchilar, jami 442 nafar tadqiqotchining hisobotlari tinglandi. Ularning faoliyati “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom”ning 6-bobida keltirilgan mezonlar asosida tahlil qilindi.   

Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2019-yil yakunlari bo‘yicha tayanch doktoranturani 35 nafar (2018-y. 39 nafar)  tayanch doktorant bitirgan, ulardan 9 nafari (2018-y. 8 nafar) doktorlik dissertatsiyasini muddatida himoya qilgan va 11 nafari himoyaga (2018-y. 10 nafar) taqdim etgan, bitiruvchilar soniga nisbatan 57% (2018-y. 48,7%) samaradorlikka erishilgan. Doktoranturani 10 nafar (2018-y. 15 nafar) doktorant bitirgan, ulardan 1 nafari (2018-y. 5 ta himoya, 3 ta himoyaga taqdim) himoya qilib, samaradorlik 10%ni (2018-y. 53,3%) tashkil qildi. 

Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘yicha jami 45 nafar (2018-y. 54 ta) doktorant o‘qishni bitirib, 10 nafari himoya qildi, 11 nafari himoyaga taqdim etdi (20 ta PhD va 1 ta DSc (doktorlik dissertatsiyasini muddatida himoya qilgan) (2018-y. 26 ta) hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 46,6% (2018-y. 48%) samaradorlikka erishilgan.

2019-yil yakunlari bo‘yicha mustaqil izlanuvchi (PhD) 22 nafari (2018 y. 22 nafar) bitirgan, ulardan 8 nafari (2018-y. 7 nafar) himoya qildi va 6 nafari (2018 y. 6 ta) himoyaga taqdim etib, 63,6% (2018-y. 59%) samaradorlikka erishildi. Mustaqil izlanuvchi (DSc) 7 nafari (2018 y. 8 ta) bitirdi, ulardan 2 nafari (2018 y. 2 ta himoya, 3 tasi himoyaga taqdim) himoya qilib, samaradorlik 28,5% (2018 y. 62,5%)ni tashkil qildi.

Fanlar akademiyasida jami 29 nafar (2018-y. 30 nafar) mustaqil izlanuvchi bitirib, 10 nafari himoya qildi, 6 nafari himoya taqdim etdi (14 ta PhD va 2 ta DSc) (2018-y. 18 nafar) va 55% (2018-y. 60%) samaradorlikka erishildi.

Umumiy holatda Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarini 2019-yilda jami 74 nafar mustaqil izlanuvchi va doktorant bitirdi (2018-y. 84 nafar), ulardan 37 nafari (34 ta PhD va 3 ta DSc) o‘z doktorlik dissertatsiyasini muddatida himoya qilishga erishdi (2018-y. 44 nafar) va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 50% (2018-y. 52,5%) samaradorlikka erishildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!