Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Luven universiteti hamkorligi haqida


Ayni kunlarda Tarix instituti direktori professor Azamat Ziyo va “Antropologiya va etnologiya” markazi boshligʻi professor Adham Ashirov Yevropa ittifoqining Erasmus+ loyihasi doirasida Luven katolik universitetida (Belgiya) ilmiy safarda boʻlib turibdi. 15-dekabr kuni Luven universiteti “Amaliy antropologiya” laboratoriyasida institutimiz xodimlari ilmiy maʼruzalar oʻqidi.

Professor Azamat Ziyo “Oʻzbekiston tarixining dolzarb muammolari” va Adham Ashirov “Oʻzbeklar turmush tarzida islom dini va diniy anʼanalar” mavzusida maʼruzalari qizgʻin bahs-munozaralar asosida boʻlib oʻtdi. Shuningdek, ilmiy safar jarayonida Tarix instituti va Luven katolik universitetini kelgusidagi ilmiy tadqiqot rejalari muhokama qilindi. Bir qator kelishuvlar amalga oshirildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!