馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutiga O始mon Mudofaa vazirligi Qo始mondonlik-shtab fakulteti talabalari tashrif buyurdi


Bugun, 13-aprel kuni O始zbekiston Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida O始mon Mudofaa vazirligi Qo始mondonlik-shtab fakulteti talabalari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar Institut faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda “O始zbekiston tarixi va uning O始rta Osiyo mintaqasidagi qo始lyozmalarni asrashdagi o始rni” mavzusida seminar tashkil etildi.

 

Ma始ruzani O始zR F袗 Sharqshunoslik instituti direktori t.f.d., professor Bahrom 袗bduhalimov o始qidi. Ma始ruza arab tilida bo始ldi. Olim ma始ruzasida O始zbekiston tarixining mintaqadagi o始rni haqida qimmatli ma始lumotlar berdi. Jumladan, arablar orqali kirib kelgan Islom dinining mamlakat va mintaqa tarixidagi o始rni haqida ham gapirib, O始rta Osiyo yetishtirib bergan qomusiy olimlar, din ulamolarining dunyo sivilizatsiyasiga qo始shgan hissasini ta始kidladi. Shuningdek, O始zbekiston tarixining xronologik rivojlanish bosqichlari, unda hukm surgan davlatlarning rivojlanish va taraqqiyot bosqichlari haqida xorijlik mehmonlarga qimmatli ma始lumotlarni ulashdi.

Bundan tashqari, ma始ruzada Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo始lyozmalar fondi hamda Institutning O始mon davlati bilan olib borayotgan faol hamkorligi haqida ham to始xtalib o始tildi.

Ma始ruza so始nggida mehmonlar o始zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldi.

 

Ma始lumot o始rnida, Sharqshunoslik institutining qo始lyozmalar fondi 1943-yilda, o始sha paytdagi xalq kutubxonasi (hozirgi Milliy kutubxona)ning Sharq bo始limi asosida tashkil etilgan. Shundan boshlab bu fondda qo始lyozma manbalarni o始rganish ishlari boshlangan.

Fondda 26 ming jild qo始lyozma, 40 ming jildga yaqin qadimgi toshbosma uslubidagi kitoblar saqlanadi. Bundan tashqari, 5 mingdan ziyod asl nusxadagi tarixiy hujjatlar bor. Shuningdek, mikrofilm va fotokopiyalar fondlarimiz ham bor. Bu video va fotolar xorijdagi fondlarda saqlanayotgan kitoblardan olingan.

Bu ulkan meros fanning turli sohalariga oid. Xususan, tabobat, kimyo, matematika, tarix, islom ilmlari — ajdodlarimiz shug始ullangan barcha fan sohalariga doir manbalar o始rin olgan. Qo始lyozma manbalar IX asrdan boshlab XX asrgacha bo始lgan davrga oid bo始lib, arab, fors, qadimgi turkiy va boshqa sharq tillarida yozilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!