Joriy yil 23-mart kuni “Mahalla” telekanalining “Minbar” tok-shousida “Bugungi o始zbek olimlari kimlar? Ular nimalar bilan shug始ullanyapti? Ko始zga ko始ringan ishlar qilayotgan olimlar, ularning ishini amalga oshirish uchun nimalar va qanday yordam kerak?” kabi savollarga tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari javob berishdi. Jumladan, ko始rsatuvda biolog-olim Baxtiyor Rasulovning ilmiy laboratoriyalarni jihozlash masalasidagi fikri qirqib olinib, ijtimoiy tarmoqlarda turli bahslarga sabab bo始ldi.
Ma始lumki, O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi 3365-sonli qarori asosida F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasi bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda.
Jumladan, 2021-yilda Davlatimiz Rahbarining 2020-yil 28-dekabrdagi “2021 – 2023-yillarda O始zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-4936-sonli qarori asosida F袗 Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi institutida qurilish-ta始mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi 3365-sonli qarori asosida Institut tomonidan kerakli asbob-uskunalar xarid qilish uchun talabnoma hujjatlar to始plami kechiktirilib shakllantirilgan va Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritilgan. Hozirda Institut talabiga asosan kerakli laboratoriya jihozlari ro始yxati va hujjatlar Tender komissiyasiga taqdim etilgan.