2021-yil 1-aprel kuni Xorazm Ma始mun akademiyasiga O始zR F袗 prezidenti, akademik B.Yuldashev hamda vitse-prezident S.Mirzayev tashrif buyurishdi va ilmiy natijalar, yosh olimlar tadqiqotlari, ilmiy ishlanmalari bilan tanishdi. So始ngra 袗kademiya jamoasi bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda Xorazm Ma始mun akademiyasining ilmiy xodimlari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Dastlab, Xorazm Ma始mun akademiyasi raisi I.袗bdullayevning hisoboti tinglandi.
So’ngra, B.Yuldashev mamlakatimizda Prezident Sh.Mirziyoev boshchiligida ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, yosh olimlarga, tadqiqotchilarga davlatimiz tomonidan berilayotgan e始tibor va g始amxo始rlik, Xorazm Ma始mun akademiyasida yaxshilangan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va erishilgan yutuqlar xususida gapirdi. Shuningdek, har bir olimning o始z sohasi bo始yicha natijalarga erishuvi, oldinda turgan vazifalar xususida ham alohida to始xtalib o始tdi.
Har bir tadqiqot ishi birinchi navbatda amaliyotga xizmat qilishi, undagi mavjud muammolarni bartaraf etishning aniq yo始nalishlarini ko始rsatib berishi, fan sohasidagi har bir yo始nalishning istiqboldagi takomiliga hissa qo始shishi lozim ekanligini ta始kidladi. Xorazm Ma始mun akademiyasida paxtaning hosildor yangi navi bo始yicha olingan natijalarini alohida qayd etdi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo始limi tadqiqotlari asosida chop etilgan nashrlarni e始tirof etdi.
Yosh olimlar, tadqiqotchilar bilan alohida suhbat uyushtirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi va zarur tavsiyalar berdi. Uchrashuv sermazmun va qiziqarli o始tdi.