Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi prezidenti vodiy viloyatlari yosh olimlari bilan uchrashdi


Xabar berganimizdek, bugun Namanganda Xalqaro fiziklar forum oʼz ishini boshladi. Unda dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan olimlar fizika fanini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishmoqda.

Forum doirasida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Bexzod Yuldashev vodiy viloyatlari yosh olimlari, iqtidorli talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot qildi.

Samimiy va doʼstona kayfiyatda oʼtkazilgan uchrashuvda yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ilm fanni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar bildirildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!