馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi prezidenti Seysmologiya instituti jamoasi bilan uchrashdi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yuldashev, vitse-prezident S.Mirzayev hamda Fizika-matematika va texnika fanlari bo始limi rahbari-ilmiy kotib, S.Baxramovlar Seysmologiya institutiga tashrif buyurdi va kapital ta始mirlangan Institut binosi hamda laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. Yangi o始rnatilayotgan laboratoriya asbob-uskunalarini, Institut kutubxonasi, o始quv va konferents zallarini ko始zdan kechirdilar.

So始ngra, Institut jamoasi bilan uchrashuv o始tkazildi. Unda F袗 prezidenti Davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan ilm-fanni rivojlantirish, olimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko始lamli islohotlari haqida gapirar ekan, barcha imkoniyatlarni ishga solib, mamlakat qudratini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot natijalarini taqdim etish Fanlar akademiyasi olimlarining eng muhim vazifasi ekanligini ta始kidladi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida Prezident va hukumat qarorlari ijrosi, mustaqillikning 30 yilligiga munosib tayyorgarlik ko始rish, yoshlar faoliyatini qo始llab-quvvatlash, gender tenglik masalalari ham muhokama qilindi. Shundan so始ng, Institut jamoasi F袗 prezidentiga o始zlarini qiziqtirgan savollari va takliflari bilan murojaat qilishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!