2021-yil 29-mart kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.Yuldashev hamda vitse-prezident S.Mirzayev ishtirokida O始zR F袗 Qoraqalpog始iston bo始limi ilmiy xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

F袗 prezidenti B.Yuldashev o始z nutqida mamlakatimizda ilm-fanga berilayotgan e始tibor to始g始risida gapirib, ilmiy faoliyat, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, kamchiliklar va yutuqlar haqida to始xtalib o始tdi. Shuningdek, vitse-prezident S.Mirzayev 2021-yil fevral oyida o始tkazilgan attestatsiya natijalariga batafsil to始xtaldi va istiqboldagi ishlar rejalar haqida ma始lumot berdi.
Suhbat jarayonida O始zbekiston Respublikasi qonunlari, Davlat va Hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlarining ijrosi bo始yicha ham alohida to始xtalib o始tildi.

Uchrashuv so始nggida Qoraqalpog始iston Respublikasida ilm-fanni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi rejalar va yo始nalishlar belgilab olindi.