Milliy yadro tadqiqotlar universitetining Moskva muhandislik-fizika instituti Toshkent filiali talabalarini O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyati va u yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishtirib borish Filial ta始lim dasturining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu dastur talabalarda ilmiy ish olib borish ko始nikmalarini shakllantirishga va ilm-fanga qiziqtirishga qaratilgan. Unga ko始ra, F袗 Yadro fizikasi institutining yetakchi olimlari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o始tkazib borish ko始zda tutilgan.
Filialda mazkur dastur doirasida O始zR F袗 prezidenti, akademik B.S.Yuldashev bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda akademik B.S.Yuldashev o始z ma始ruzasini olamning paydo bo始lishi va materiyaning rivojlanish qonuniyatlariga bag始ishladi hamda katta portlash sodir bo始lgan ondan to hozirgi zamon sivilizatsiya davrigacha bo始lgan oraliq tarixini batafsil va ilmiy asoslangan faktlar bilan gapirib berdi. 袗kademik B.S.Yuldashev yadro energetikasi va boshqa hozirgi zamon ilm-fani hamda texnikasining muhim muammolariga qaratilgan bu kabi uchrashuvlar muntazam tashkil etib borilishini, ularda dolzarb muammolar yechimi va ularning istiqboli muhokama qilinishini ta始kidladi.
Talabalar qizg始in savol va javoblarga boy bo始lgan uchrashuvda Yadro fizikasi institutida olinayotgan radioizotoplar, ularning xalq xo始jaligida ishlatilishi, ajratib olish usullari, yangi izotoplarni olishda yadroviy tahlil va radiatsion kimyo usullarining mohiyati to始g始risida to始liq ma始lumotlarga ega bo始lishdi.

Bu kabi uchrashuvlar talabalar bilimlarini yanada boyitishda va ularni ilm-fanga qiziqishlarini oshirishda muhim rol o始ynaydi.
Talabalarning yetakchi olimlar bilan uchrashuvlari bundan keyin ham davom etadi.