Ma始lumki, so始nggi yillarda davlatimiz tomonidan ilm-fanni rivojlantirish, olimlarga qulay-sharoitlar yaratishga alohida e始tibor qaratilmoqda va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Xususan, F袗 Immunologiya va inson genomikasi instituti binosi ham to始liq kapital ta始mirlandi, bir nechta yangi laboratoriya jihozlari keltirildi va o始rnatildi.

Shu munosabat bilan 26-mart kuni F袗 prezidenti B.Yuldashev, vitse-prezidentlar B.Ibragimov, S.Mirzayev hamda Kimyo-biologiya bo始limi rahbari J.Toshpo’latovlar Institutga tashrif buyurishdi va Institutning ta始mirdan keyingi holati, yangi keltirilgan laboratoriya asbob-uskunalari va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

So始ngra, majlislar zalida Institut jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda F袗 prezidenti jamoada yoshlarning ko始pligidan mamnun ekanliginini ta始kidladi. Davlatimiz Rahbarining ilm-fanga ko始rsatayotgan e始tibori uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuv davomida ilm-fanda yoshlarning o始rni, kadrlar tayyorlash va xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
