Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi bayonoti


Hozirgi karantin sharoitida respublikamizga kirib kelgan COVID-2019 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni hamla xodimlarning salomatligini taʼminlash maqsadida o'ta muhim sanalgan dala-qidiruv va qazishma ishlarni amalga oshirish uchun Milliy arxeologiya markazi xodimlaridan Markaz direksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so'raladi:

1. Texnika xavfsizligi hujjatini imzolash - bu hujjatda odatiy talablarga qo'shimcha shaklda yuqumli kasalliklar (COVID-19) tarqalishi oldini olish choralari majburiyati bo'ladi (direktor o'rinbosaridan olinadi);

2. Dala izlanishlari va qazishma olib boriladigan tuman hokimligidan bu hududning "yashil tegra"ga kirgani va ilmiy faoliyat yuritishga cheklovlar bo'lmaganini bildiruvchi  rozilik xati (arxeologlarning talabiga ko'ra, tuman hokimliklariga Direksiya xat bilan chiqadi);

3. Fanlar akademiyasi prezidiumidan dala izlanishlari va qazishma olib borilishiga rozilik xati (yuqoridagi ikki hujjat, ekspeditsiya tarkibi, dala izlanishlari sanasi, viloyat va tumani ko'rsatilgan holda arxeologlarning talabiga ko'ra Direksiya FA Prezidiumiga xat bilan chiqadi);

4. Boshqa rasmiy tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiyalarga qatnashish uchun o'sha tashkilotning karantin choralari bajarilishi to'g'risida Milliy arxeologiya markaziga rasmiy kafolat xati talab etiladi.

Alohida ta`kidlash joizki, har bir xodimning sog'lig'i birinchi o'rinda turishini esda tutishingiz, qayerda bo'lmasin, jamoaviy faoliyatda karantin choralariga qat`iy rioya qilishingiz (teri dezinfeksiyasi vositlaridan va niqoblardan doim foydalanishingiz, oraliq masofa saqlashingiz) so'raladi.

 

O'zR FA Milliy arxeologiya markazi direksiyasi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!