Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlarini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-298-sonli qarorining 4-bandi, 4-xatboshisida belgilangan Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) tanlov oʻtkazish topshirigʻi ijrosini ta’minlash maqsadida va Fanlar akademiyasi Ustavining 45- va 49-bandlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) tanlov bo'lib o'tmoqda. Tanlovda mamlakatimiz ilm-fan darg'alari, fan taraqqiyoti uchun xizmat qilayotgan fidoyi olimlar ishtirok etmoqda.