馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Energetika instituti tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasining “O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutini tashkil etish to始g始risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko始ra, quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:

- respublikada energetika barqaror rivojlanishining kelajak strategiyasini ishlab chiqish, o始rta va uzoq istiqbolda yoqilgi-energetika kompleksining rivojlanishi va modernizatsiyasi bo始yicha dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish;

- muqobil (noan始anaviy) energiya asosidagi yangi texnologiyalar, energetik uskunalar va tizimlarning respublika iqlim sharoitlarida resurs ko始rsatkichlarini o始rganish maqsadida sinovlarni amalga oshirish;

- iqtisodiyot tarmoqlari energiya sarfini pasaytirish bo始yicha kompleks tadqiqotlarni o始tkazish va aniq tavsiyalar ishlab chiqish;

- energetika sohasida raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo始nalishlarini ishlab chiqish, “intellektual tarmoqlar” nazariyasini rivojlantirish va energetika sohasiga joriy etish usullarini ishlab chiqish;

- mamlakatning energetik xavfsizligini ta始minlash, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda yoqilg始i-energetika kompleksi ob始ektlarining barqaror faoliyatini ta始minlash bo始yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;

- mintaqaning qo始shni davlatlari o始rtasida yoqilg始i-energiya manbalaridan birgalikda foydalanish bo始yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

- iqdisodiyotning turli sohalarida an始anaviy, shuningdek, muqobil va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bilan bog始liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish;

- yoqilg始i-energetika resurslaridan ularni hosil qilish, saqlash, yetkazib berish va foydalanish bosqichlarida samarali foydalanish usullarining ilmiy-texnik darajasini oshirish;

- yoqilg始i-energetika resurslarini hosil qilish, saqlash, yetkazib berish va taqsimlash tannarxini pasaytirish maqsadida zamonaviy energetik texnologiyalarni transfer qilish va respublika sharoitiga moslashtirishni asoslash, energetika sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

- mamlakatda energetik mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, unga xizmat ko始rsatuvchi tarmoqlar rivojiga ilmiy-texnik jihatdan ko始maklashish;

- sohadagi xorijiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsiya modellardan keng foydalanish, jadal axborot almashinuvini ta始minlash;

- sohada fan va ta始lim integratsiyasini ta始minlash maqsadida oliy ta始lim tashkilotlarining energetika yo始nalishidagi fakul褜tet va kafedralari o始quv dasturlari va metodik qo始llanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, talabalarning laboratoriya ishlarini bajarish uchun Institut laboratoriyalaridan foydalanish, Institut ilmiy xodimlarining dars jarayonlarida ishtirok etishini ta始minlash orqali yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, kadrlar malakasini oshirish vaqxayta tayyorlashda ishtirok etish;

- energetika sohasidagi ilmiy yo始nalishlar va tegishli ixtisosliklar bo始yicha ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash.

Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va O始zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda Institut nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo始ladi.

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi.

Institutga O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u Fanlar akademiyasining tegishli vitse-prezidenti bilan kelishgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o始rinbosarga, jumladan, direktorning ilm-fan bo始yicha o始rinbosari hamda direktorning umumiy masalalar bo始yicha o始rinbosariga ega bo始ladi.

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat bo始lganda, Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to始lash fondi doirasida o始zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Institut Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chingiz 袗ytmatov ko始chasi 2B-uy manzilida joylashgan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi energetika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kengaytirish, ushbu sohada yuqori malakali kadrlar darajasini oshirish va shu orqali mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlariga an始anaviy va muqobil energiya manbalarini keng joriy etish imkonini beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!