O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Direktorlar kengashining navbatdagi yig始ilishi o始tkazildi.

Kun tartibida O始zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag始ishlangan Fanlar akademiyasi ishlanmalari ko始rgazmasiga tayyorgarlikning borishi, O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda O始zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to始g始risida”gi farmoni va “2022-2026-yillarda O始zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo始yicha tashkiliy chora-tadbirlar to始g始risida”gi qarori ijrosini ta始minlash, Fanlar akademiyasida ijro intizomi holati va topshiriqlar ijrosini ta始minlash masalalari muhokama qilindi va Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.