Аziz obunachilar!
“Fan va turmush” jurnalining navbatdagi 2022-yil 1-soni nashrdan chiqdi.
Jurnal sahifalarida Oʼzbekistonda xavfli virusli kasalliklarga qarshi qanday choralar koʼrilgani, endilikda “muloyim qotillar” – V va C gepatiti viruslaridan qoʼrqmasdan yashash mumkinligi haqida qiziqarli materiallar berilgan.
1941-yilda urushning eng ogʼir kunlarida butun sobiq Sovet Ittifoqi aniq vaqt signallarisiz qoldi. Toshkent observatoriyasidan toʼgʼridan-toʼgʼri butun mamlakat va frontga aniq vaqt signallari qanday uzatilgani va eski shaharlik usta oʼz davrining eng aniq soatining qalpogʼini qanday taʼmirlagani haqida bilib olasiz.
Soat mavzusi bundan roppa-rosa 75 yil muqaddam toshkentliklar birinchi marta “malinali” qoʼngʼiroq jarangini eshitgani haqidagi hikoya bilan davom etadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga soat-kurant olib kelingan Аllenshtayn shahri bugungi kunda qanday nomlanadi. Va bu shahar "Erni toʼxtatgan va Quyoshni harakatga keltirgan" Nikolay Kopernik bilan qanday bogʼliq, va nima uchun qoʼngʼiroqlar jarangi “malinali” deb ataladi va 1966-yilgi zilzila paytida qoʼngʼiroqlardan biri buzilganidan keyin uning jarangini kim tikladi.
Koinotda bizga oʼhshagan qancha sivilizatsiyalar boʼlishi mumkin, ular nega biz bilan aloqaga chiqishmayapti?! Oʼzbekistonlik yosh havaskor-tadqiqotchilar Kepler 18b sayyorasiga qanday qilib va qaerdan radioxabar yuborishmoqchi?
Qadim odam toshqoyalarga rasm chizib qanday orzularni, his-tuygʼular va tasavvurlrni ifodalamoqchi boʼlgan?
Аlisher Navoiy nega bir gadoning bir baytini “sotib olgan” va shundan keyin qaysi gʼazalini yozgan?
e sonini eshitganmisiz? Uning yordamida qancha daromad olishingizni aniq hisoblab boʼladimi?
Jurnalimiz materiallaridan astronomlar bizning Galaktika ̶ Somon yoʼli markazidagi Qora oʼra sharpasini birinchi marta qanday suratga olgani bilan tanishasiz.
Bu va boshqa koʼplab maʼlumotlarni Oʼzbekistondagi yagona ilmiy-ommabop jurnal – "Fan va turmush" ning telegram kanalidagi sahifasidan kuydagi adresdan https://t.me/fan_va_turmush bilib olasiz!
"Fan va turmush" jurnaliga obuna boʼling, bunga hech afsuslanmaysiz. Biz ishonchingizni albatta oqlaymiz! "Fan va turmush" jurnalining obuna indeksi 899.