馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi: Chigitni bentonit bilan qobiqlab ekish usulini yo始lga qo始yildi


O`zR FA Navoiy bo始limi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan chigitni bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekish usuli O始zbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilib, tijoratlashtirish yo始lga qo始yildi.

Ilmiy ishlanmani tijoratlashtirish, qishloq xo始jaligiga joriy etish hamda ishlab chiqarishni yo始lga qo始yish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan ko始rgazmalarda O`zR FA Navoiy bo始limining ilmiy ishlanmalari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tanishtirilgan. Natijada “袗zkamar” MChJ ushbu loyihaga qiziqish bildirib, litsenziya shartnomasi imzolandi. Shartnomada O`zR FA Navoiy bo始limi mualliflik huquqi e始tiborga olinib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish natijasida olingan foydaning 20 foizi O`zR FA Navoiy bo始limi hisob raqamiga o始tkazib beriladi.

“袗zkamar” MChJ korxonasi yiliga 50 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo始lib, hozirgi kunga qadar 500 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Loyiha doirasida chigitni bentonit kukuni bilan kapsulalab ekish uchun Navoiy viloyatidagi 袗zkamar koni bentonit gillaridan foydalanildi. Viloyatlar kesimida chigitni kapsulalash 2019-yilning aprel oyida o始tkazildi. Chigitni bentonit kukuni bilan kapsulalash O始zbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilmoqda.

Ta始kidlash joizki, bentonit dunyoning ko始plab mamlakatlarida, xususan, Chexiya, Slovakiya, Italiya, 袗QSh, Misr, Ukraina, Gruziya, Rossiya, Yaponiya va Xitoyda qo始llanilib, qishloq xo始jaligi ekinlarining hosildorligini 20-32,6 foizga oshirishga muvaffaq bo始linmoqda. 40 tadan ortiq mikroelementlarni o始zida jamlagan bentonit tabiatda kimyoviy mineralogik jihatlari bilan farq qilgan holda uchraydi. Noan始anaviy agrorudalardan olingan mineral xom ashyo — betonit turli darajada maydalanadi va chorva mollari hamda parranda ozuqalarining sifatini oshirish maqsadida qo始shib beriladi, shuningdek, qishloq xo始jalik ekinlarida mahalliy o始g始it sifatida ishlatiladi.

Bentonitning shimish xususiyati tuproqning suv-fizik va fizik-kimyoviy xossalariga yaxshi ta始sir qilishi, ularning tarkibida 20-60% va undan ko始p magniyli montmorillonit mineralining mavjudligidadir, shuning uchun o始zgaruvchan, bo始kuvchan va almashuvchan kation va anionlarning hajmi 100 gr tuproqda 23-150 mg/ekvni tashkil etadi. Qolaversa, bentonitlar o始simliklar uchun ozuqa manbai hisoblanadi, ularning tarkibida 0,3-4,7 % uglerod, 0,4-3,0 % kaliy, 0,3-1,0 % fosfor mavjuddir.

Bundan tashqari, unda ko始plab mikroelementlar: mis, rux, bor, kobalt, molibden, marganets, oltingugurt mavjud. O始simlik ildizi tarqalgan tuproq qatlamidan bentonit harakatchan shakldagi ozuqa unsurlari va gumusni suv bilan yuvilib ketishidan saqlaydi hamda tuproqda uglerod, azot, fosfor va kaliy zaxirasini ko始paytiradi.

Noan始anaviy agroruda bentonit bilan kapsulalangan chigitlarni ekish g始o始za ko始chatlarining unib chiqishini 1-2 kunga jadallashtirib, salmog始ini 10-12% ko始paytirishi va hosildorlikning 2,2-2,7 5 s/gektar yuqori bo始lishiga sabab bo始lishi isbotlandi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!