Fan va ishlab chiqarishning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Fanlar akademiyasi yetakchi olimlari bilan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi mutahassislari birgalikda istiqbolli masalalarni bajarish boʻyicha mavjud imkoniyatlar atroflicha oʻrganildi va tahlil qilindi.
Tomonlar oʻrtasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, xalqaro koʻrgazma-yarmakalar, forum va anjumanlar qatnashish, mahalliy teri va moʻyna xom ashyolarni xossalari va hususiyatlarini inobatga olib ularni qayta ishlash uchun texnologik mashinalar va qurilmalarni ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlash va bajarish boʻyicha ilmiy-amaliy hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.