Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

FAN UCHUN YANGI QO‘NG‘IZ TURLARI ANIQLANDI


Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti Bekchanov Norbek tomonidan bir necha yillik ilmiy izlanishlari natijasida fanga noma’lum bo‘lgan ikkita qo‘ng‘iz turi aniqlandi.

 

 

Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar - hasharotlar ichida eng yirik turkum bo‘lib yer yuzining deyarli barcha mintaqalarida uchraydi va ekotizimning eng muhim jonzotlaridan hisoblanadi.

 

Ular orasida ekinlar zararkunandalaridan tortib to tabiatga va inson hayotiga foyda keltiradiganlari ham bor. Bundan tashqari, noyob va yo‘qolib borayotgan muhofazaga olingan turlari haligacha ilm-fanga noma’lum bo‘lganlari ham bor. Mana shunday fanga noma’lum bo‘lganlaridan ikkitasi respublikamiz hududidan aniqlandi.

 

Aniqlangan yangi turlarga Microdera uzbekistanica hamda Microdera abdullohi deb nom berildi.

 

Bu turlar “Tenebrionidae” oilasiga mansub bo‘lib M.uzbekistanica Kuljuktog‘ hududida (Buxoro va Navoiy viloyatlari) va M. abdullohi turi esa Sulton-Uvays tog‘i hududida (Qoraqalpog‘iston) tarqalgan, asosan tunda faollashadigan bu turlar quruq muhit uchun juda moslashgan endemiklardir. Mazkur urug‘ turlari butun dunyo bo‘yicha 88 tani tashkil qilib, bu ko‘rsatgich endi yana 2 taga ko‘paydi.

 

Chuqur xalqaro ekspertizadan o‘tgandan so‘ng kashfiyot haqida mashhur xalqaro ilmiy Zootaxa jurnalida maqola e’lon qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!