Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fan, texnika taraqqiyoti rivoji- hamkorlik va ilmiy yuksalishlar yo’lida


O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materiashunoslik instituti direktori Odilxo’ja Parpiev Xitoyning Sindao shahrida bo’lib o’tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) mamlakatlarining Fan, texnika va innovasiyalar bo’yicha Forumida fahriy mehmon va ekspert sifatida ishtirok etdi.

Forumda, ShHTga a’zo mamalakatlarning ilmiy salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, global muammolarning ilmiy yechimlarini topishda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Yalpi majlisda, Odilxo’ja Parpiev “Innovatsion hamkorlik tizimlarini “Bir makon, bir yo’l” doirasida rivojlantirish va o’zgartirish” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

ShHT mamlakatlar yosh olimlari tomonidan taqdim etilgan innovasion g’oyalar ko’rib chiqilib “Yoshlarning 100 ta innovasion takliflari” ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.

 

  

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!