Joriy yil 12-sentyabr kuni Fanlar akademiyasi Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan “Fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasi: muammolar va innovatsion yechimlar” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi.
Unda qishloq xoʼjaligi sohasida koʼzga koʼringan yetakchi olimlar, akademiklar, oliy taʼlim vazirligi vakillari, talaba-magistrlar, doktorantlar ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibida oʼsimliklar genetikasida qoʼllaniladigan zamonaviy genom texnologiyalar, qishloq xoʼjaligi ekinlari kasalliklarining molekulyar-biologik diagnostikasi, dukkakli va moyli ekinlar genetikasi boʼyicha ilmiy tadqiqotlar natijalari, bahorgi va kuzgi bugʼdoy navlari hosildorligini oshirishda zamonaviy usullardan foydalanish kabi bir-biridan qiziqarli maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.
Konferensiya muhokamasiga qoʼyilgan mavzular muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʼlib, ularning yechimi Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.