Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fan rivoji – taraqqiyot omili


2018-yil 6-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O’simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. Muhtaram Prezidentimiz dastlab bu yerda xalqaro GMP standartiga muvofiq modernizatsiya qilinayotgan, tabiiy toza, import o’rnini bosuvchi va eksportbop dori vositalari ishlab chiqarish imkonini beradigan korxona bilan tanishdi hamda olimlar tomonidan tayyorlangan o’simlik moddalarini ko’zdan kechirdi. Bu korxona yiliga 500 tonnadan ziyod o’simlik xom-ashyosini chuqur qayta ishlashda yuqori samara beradi.

Shavkat Mirziyoyev dori substansiyalari farmatsevtika sanoatining asosiy omili ekanini, buning uchun o’simliklarni chuqur qayta ishlash, jahon ilmiy yutuqlarini o’rganib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo’yicha muntazam izlanish zarurligini ta’kidladi. O’simlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirishga doir alohida qaror tayyorlash bo’yicha topshiriq berdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!