馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

FA vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova YuNESKO bosh qarorgohida o始tkazilgan Ilmiy diplomatiya bo始yicha Global vazirlar muloqotiga ishtirok etdi


O'zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova YuNESKO bosh qarorgohida o始tkazilgan Ilmiy diplomatiya bo始yicha Global vazirlar muloqotiga ishtirok etdi.

 

 

Mazkur muhim tadbir 2024–2033-yillarga mo始ljallangan Barqaror rivojlanish uchun ilm-fan xalqaro o始n yilligi doirasida tashkil etildi va dunyo mamlakatlarining hukumat, ilm-fan va xalqaro tashkilotlar vakillarini birlashtirdi.

Muloqot yakunida Vazirlar darajasidagi Qo始shma Bayonot qabul qilindi. Unda ilmiy diplomatiyaning tinchlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va global muammolarni hal etishdagi hal qiluvchi roli qayd etildi.

Bayonotda quyidagi muhim jihatlar ta始kidlandi:
ochiq va inklyuziv ilmning ahamiyati;
 ilmiy ma始lumotlarga asoslangan diplomatik qarorlar qabul qilish;
 ilmiy diplomatiya sohasida inson va institut salohiyatini rivojlantirish zarurligi.

Ushbu muhim tadbirda O'zbekiston vakilining ishtiroki ishonch, muloqot va barqaror kelajak sari xizmat qilish yo始lidagi yana bir muhim qadamlardan biridir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!