Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

FA vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova Yevropa Ittifoqi sammitida ishtirok etdi


Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda ilmiy yondashuvlar va innovatsion yechimlar” sessiyasida Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro forum mintaqadagi asosiy ekologik muammolarni muhokama qilish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va birgalikda yechimlar ishlab chiqish uchun muhim maydonga aylandi.

FA vitse-prezidenti Sh.Turdikulova o'z nutqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan:

 Tuproq sho'rlanishiga qarshi kurash;

  Yashil texnologiyalar va yashil energiyani rivojlantirish;

 Toza suv va barqaror qishloq xo'jaligini ta'minlash;

 “Raqamli tabiat”: bioxilma-xillik va ekotizimlarni monitoring qilish va modellashtirish haqida gapirdi.

Shuningdek, tuproq sho‘rlanishi masalalari bo‘yicha mintaqaviy ilmiy ittifoq tuzishni, shuningdek, 2026-yilda Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.

Ilm-fan, innovatsiyalar va birdamlik iqlim inqiroziga javobimizdir.

Forumning birinchi kunida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Abadiy shahar” hududida ko‘chatlar ekish tashkil etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!