O‘zR FA huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Turkmaniston Fanlar akademiyasining Kimyo instituti o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum ikki qo‘shni davlat o‘rtasida fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yechimlarni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy muammolarga birgalikda yechim topish maqsadlarini ko‘zda tutadi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
Mineral o‘g‘itlar, adsorbsiya texnologiyalari va kimyoviy kataliz sohasida tadqiqotlar olib borish
Davlat dasturi joirasidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
Olimlar, magistrantlar va doktorantlar uchun stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish;
Laboratoriya uskunalaridan o‘zaro foydalanish va ilmiy baza almashinuvi;
Hammualliflikdagi maqolalar va patentlar yaratish.
Mazkur memorandum doirasidagi kelgusi qadam ikki qo‘shni davlatning ilmiy salohiyatini integratsiya qilib, mintaqaviy kimyo fanini xalqaro darajaga olib chiqish imkonini berish bilan bir qatorda ekologik, sanoat va texnologik muammolarga birgalikda yechim topishga yo‘l ochadi.