Joriy yil 18-mart kuni O‘zbekiston Qahramoni, FA prezidenti, akademik Shavkat Ayupov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga ilmiy tashrif buyurdi.
Akademik Sh.Ayupov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U.Ermanov va uning Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.P.Otemuratov, FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i A.M.Reymov, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori S.M.Mambetullayeva bilan birgalikda institut faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy yangiliklar bilan yaqindan tanishdi hamda u yerda faoliyat yuritayotgan olimlar bilan suhbatlashdi.