O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti Yosh olimlar kengashi tomonidan ilmiy seminarlar tashkil qilinmoqda. Shunday seminarlardan biri “袗ntropologiya va etnologiyaga kirish” mavzusida o始tkazildi. Mavzu yuzasidan “袗ntropologiya va etnologiya” markazi boshlig始i tarix fanlari doktori, professor 袗dhamjon 袗shirov chiqish qildi. Ma始ruzada fanning rivojlanish tarixi, O始zbekistonda va jahonda olib borilayotgan etnologik tadqiqotlar hamda antropologiya tushunchasi va uning tadqiqot obyektlari borasidagi qarashlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, fanning o始rganilishi metodologiyasi hamda antropologiya yo始nalishining asosiy muammolari borasida to始xtalib o始tildi. Etnologiya va antropologiya sohasida olib borilayotgan ishlar hamda Markazning oldida turgan maqsad va vazifalar bilan atroflicha tanishtirdi. Ushbu ma始ruza va unda ko始tarilgan masalalar etnologiya sohasida tadqiqot olib borayotgan yosh izlanuvchilar uchun o始ziga xos mahorat maktabi bo始ldi deyish mumkin.