Kartoshka eng ustuvor qishloq xo始jaligi ekinlaridan bo始lib, u mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta始minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Kartoshkachilikni muvaffaqiyatli rivojlantirishning amaliy masalalari va vazifalarini hal etishda RNK interferensiya usulidan foydalanish orqali O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan erta gullaydigan, ildiz tizimi rivojlangan va hosildorlik ko始rsatkichlari yaxshilangan biotexnologik kartoshka navi yaratildi.

Hozirgi kunda Markaz olimlari tomonidan RNK interferensiya usulida olingan yangi biotexnologik kartoshka navini mikrotuganaklarini issiqxona va dala sharoitida tuproqqa moslashtirish bo始yicha tadqiqotlarni amalga oshirilmoqda. Tajriba natijalariga ko始ra, birinchi g始unchalar gen-nokaut kartoshka navlarida paydo bo始ldi va nazorat navlarga nisbatan 15 kun oldin gullashi kuzatildi. Hosildorlik ko始rsatkichlari gen-nokaut kartoshka liniyalarida nazoratga nisbatan 26,6 foiz yuqori bo始ldi va tuganaklar yirikligi, soni, ildiz sistemasini yaxshi rivojlanganligi bilan ham farq qildi.