Joriy yil 24-iyun kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamkorlikda “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energeya samaradorligini oshirishga qaratilgan avtomatlashtirish va energetika muammolarini yechishda ilg始or innovatsion texnologiyalar va ta始limning o始rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o始tkazildi.

Mazkur konferensiya “Yoshlarni qo始llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” hamda fizika fanini rivojlantirish yili munosabati bilan tashkil etildi.
Unda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Bekzod Yuldoshev, akademik Sa始dulla Baxramov, vitse-prezident Sirojiddin Mirzayev respublikamizning turli hududlari hamda Malayziya, Pokiston, Hindiston, Janubiy 袗frika Respublikasi, Norvegiya, Belorus va Rossiya kabi davlatlarning nufuzli ta始lim muassasalari yetakchi olimlari oflayn va onlayn tarzda ishtirok etib, o始z tajribalari va fikr-mulohazalari bilan o始rtoqlashdi.

Konferensiya doirasida F袗 prezidenti B.Yuldashev, akademik S.Baxramov hamda vitse-prezident S.Mirzayev yosh olimlar bilan uchrashdi. Fanlar akademiyasi tomonidan bunday uchrashuvlar respublikamiz miqyosida tez-tez o始tkazilib kelinmoqda. Bu yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, ularni fanning eng muhim yo始nalishlari, yangi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishtirish, kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.