Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Endilikda “aqlli” polimer plyonkalar uchun faollashtirilgan nanokukunlar ishlab chiqariladi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti va Xitoyning Shanghai Daodun S&T Ltd. kompaniyasi oʻrtasida “aqlli” polimer plyonkalar uchun faollashtirilgan nanokukunlarni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolandi. O'zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasida o'tkazilgan dala sinovlari bunday noyob aqlli plyonka haroratni mo'tadillashtirish xususiyatiga ega ekanligini tasdiqladi. Plyonka o'zidan asosan 18-24 haroratli infraqizil fotonlarni o'tkazishi, hamda ultrabinafsha to'lqinli fotonlarni yutishi hisobiga kunning issiq davrida issiqxonani sovutadi, sovuq davrda tashqi energiya sarfisiz esa qizdiradi. Shanxay qishloq xo'jalik akademiyasi tomonidan o'tkazilgan yozgi sinovlarda tashqi harorat 41daraja bo'lganda issiqxona ichidagi harorat 31darajani tashkil etgan. Kelishuvga ko'ra, Materialshunoslik instituti negizida yiliga 10 tonna faollashtirilgan nanokukun ishlab chiqarish quvvatiga ega tajriba-sanoat maydoni tashkil etiladi. Xitoylik hamkorlar kerakli uskunalarni sotib olishadi. Barcha sinovlar yakunlangandan so'ng o'zbek olimlari ishlab chiqqan texnologiya asosida O'zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasida zavodlarni qurish masalasi ko'rib chiqiladi.




  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!