O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan suv va gidroenergetika inshootlarining seysmik holatini baholash bo始yicha ekspress uslub ishlab chiqildi.
Ushbu yo始nalishdagi ishlar 2018-yilda boshlandi va amaliy tadqiqotlar doirasidagi o始lchov ishlari va “to始g始on tanasining tebranish chastotalari pasportini” tuzish ishlarining birinchi bosqichi Andijon, Oxangaron, Rezaksoy, Karkidon, Hissarak va Tupalang suv omborlari to始g始onlarida olib borildi.
Tosh bilan to始ldirilgan gruntli va temir-beton tayanchli to始g始onlar holatini monitoringi metodikasi to始g始on gavda tebranish parametrlarini turli qismlarda o始zgarishini qayd qilish va tebranish spektrlarini taqqoslash asosida prognoz qilishdan iborat. Olinadigan natija relaksatsiya jarayonlari bilan bog始liq holda vaqt davomiyligidagi siljishlar hamda suv omboridagi suv sathi orasidagi chiziqli bog始lanish orqali aniqlanadi.

Tug始on o始rkachida kuzatuv nuqtalarni juda zich joylashtirish orqali to始g始on gavdasini tabiiy tebranishni to始la o始rganish imkonini beradi. O始rganilayotgan nuqtalarda to始lqinli maydonlarni izchil qayta qurish usuli bunday tadqiqotlarni yuqori aniqlikda bajarishga asos bo始ladi. Kam sonli uskunalar bilan kuzatuvlar o始tkazish imkoniyatining kengligi tufayli uslub juda texnologik hisoblanadi.
Yaponiyalik olim Nakamuraning usuli muhandislik poydevordagi amplituda-chastota xususiyatiga ega analogik qirqimidagi geologik materiallar qatlamning butun qalinligi uchun grunt qismining uzatish funktsiyasini tashkil etuvchi mikroseysmik tebranishlarning gorizontal komponent spektrlarini ularning vertikal komponentlari (H/V nisbatlari) spektrlari nisbatiga asoslangan. Kuzatuvlar bitta uch komponentli stansiya tomonidan natijaviy materiallar sifatini yo始qotmagan holda amalga oshiriladi. Bu qisqa vaqt ichida va yuqori aniqlik bilan muhandislik-geofizik tadqiqotlar o始tkazishda belgilangan vazifalarni hal qilishga imkon beradi.
To始g始on va qirg始oqlar bo始ylab 25 dan 100 metrgacha bo始lgan masofa bilan 40 daqiqalik intervallarda mikroseysmik o始lchovlar olib boriladi.
O始lchovlarning birinchi sikli natijasida to始g始on tanasining to始lqinlarni qayd qilish punktlarining shaxsiy chastotalari pasporti tuziladi. Agar ba始zi bir qayd qilish punktlarida shaxsiy chastotalar o始zgarib tursa, to始g始on tanasining suv massasi bilan yuklanish darajasi yoki to始g始on tanasi holatining o始zgarganlik darajasini baholash mumkin bo始ladi.
Gruntli to始g始onning holatini tahlil qilish uchun tavsiya etilayotgan usul inshootning konstruktiv hususiyatini, hamda poydevorning o始ziga xosligi, bo始lakli bir jinsga mansub bo始lmagan gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradi.