O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan seysmik faol hududlarda joylashgan bino va inshootlarning “Elektron texnik pasport” axborot tizimi ishga tushirildi.
“Elektron texnik pasport” axborot tizimini ishga tushirilishi seysmik faol hududlarda joylashgan bino va inshootlarni normal ekspluatatsiya qilish muddatini uzaytirish uchun halokat holatidan oldingi va avariyaviy holatini o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek buzilish xavfi bor binolardan foydalanishni to‘xtatish maqsadida ularning zilzilabardoshligi bo‘yicha texnik holatini baholashga xizmat qiladi.
Bunday tizim O‘zbekistonda ilk bor ishga tushirildi. “Elektron texnik pasport” axborot tizimi orqali respublikamiz hududidagi mavjud bino va inshootlarning texnik holatini baholash bilan boʼlishi mumkin boʼlgan hodisalarning oldi olinadi, iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirishga, jumladan, insonlarning hayotini saqlashga xizmat qiladi. Bunday tizimning yo‘lga qo‘yilishi zilzilalar xavfi mavjud bo‘lgan hududlar uchun ustuvor yo‘nalishdagi vazifalardan hisoblanadi.