O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Konstrutorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi olimlari tomonidan mobil ozon generatori namunasi ishlab chiqildi.

Qishloq xo‘jalik va meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, ichimlik suvi va suvli eritmalarni zararsizlantirish va tozalash uchun zamonaviy samarali, ekologik toza texnologiyalarni yaratish butun dunyoda dolzarb muammo hisoblanadi.
Konstrutorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi tomonidan ishlab chiqilgan ozonizatorning asosini havo namligiga sezgir bo始lmagan maxsus matritsa elektrodlaridagi toj razryadlari tashkil etadi.
Mavjud ozonizatorlardan farqli o始laroq, tavsiya etilayotgan mazkur qurilmadan og始ir dala sharoitlarida ham foydalanish mumkin.
Ozon generatori xonalarni bakteriyalardan zararlantirish hamda urug始larga ekish oldidan ishlov berish (fungitsid o始rniga) uchun ham qo始llaniladi. 1 g ozon ishlab chiqish uchun energiya sarfi-40 Vtch. Mobil ozon generatori (bir soatda 10-20 g ozon ishlab chiqaradi) katta hajmli xona va omborlarni, sovutqich va refrijeratorlarga tez ishlov berish imkoniyatini beradi. Ozon texnologiyasi o始zining ekologik tozaligi va yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.
Ozon generatorlarini qishloq xo始jaligi tarmoqlariga keng qo始llash maqsadida mikrobiologlar bilan hamkorlikda issiqxonalar tuprog始ini bakteriyalardan zararlantirish, dorivor, ozuqaviy qo始shimchalar olish uchun suv o始tlaridan xlorella va spirulinalarni yetishtirishning samarali biotexnologiyalari ishlab chiqilmoqda.